Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

29.06.2022

Mutlaqo yangi Kia Sportage O‘zbekistonda!

21-iyun kuni Kia Yakkasaroy dilerlik markazida yangi Kia Sportage avtomobilining keng ko‘lamli taqdimoti bo‘lib o‘tib, unda o‘ta zamonaviy yangi avlod krossoveriga avvaldan buyurtmalar qabuli boshlangani e’lon qilindi.

Tadbirda 70 nafardan ortiq odam ishtirok etdi. Unga blogerlar, yetakchi yangilik OAV vakillari, shuningdek, Kia‘ning hayrixoh mijozlari taklif etildi. Tadbirning kirish qismidan keyin mehmonlar uchun avtomobil taqdimoti bo‘lib o‘tdi, so‘ngra barcha xohlovchilar Kia Yakkasaroyning malakali menejerlaridan maslahat va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ldi.



Krossoverlar segmentida yangi qadam

Sportage avtomobillarining beshinchi avlodi krossoverlar segmentida yangi qadam bo‘ldi. Innovatsion model Kia brendining yangilanishi va shaklan o‘zgarishiga natija yasadi.  Avtomobil brend dizaynining yangi «Qarama-qarshiliklar uyg‘unligi» nomli falsafasiga muvofiq ishlab chiqildi. Avtomobil dizayni tabiat olamining ifodasiga aylandi. Suv, havo va qum - aynan shular dizaynerlarni yangi Kia Sportage yaratilishida ilhomlantirdi.
Zamonaviy, jiddiy, olijanob va ulug‘vor – ushbu avtomobil taqdimotida mehmonlarimiz unga aynan shunday ta’rif berdilar.



Yangi Sportage xususiyatlari yetarli darajada jozibali. Avtomobil olti pog'onali avtomat uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan 2,0 l (156 ot kuchi) benzinli dvigatel yoki sakkiz pog'onali avtomat uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan 2,5 l (190 ot kuchi) benzinli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.  Comfort komplektatsiyasida old privod mavjud, Luxe komplektatsiyasidan boshlab esa krossover to‘liq privod tizimi bilan jihozlangan. Yangi Sportage qator komplektatsiyalarda X-Line dizayn to‘plami bilan jihozlangan bo‘lib, krossoverning salobatli fe’liga urg‘u beradi.


Beshinchi avlod Sportage avtosi – o‘z segmentidagi eng xavfsiz avtomobillardan biri. Bunga yangi N3 platformasining puxta ishlab chiqilgan dizayni, korpusning takomillashtirilgan kuchlanish tuzilmasi, shuningdek, eng yangi Drive Wise xavfsizlik tizimlari tufayli erishildi.

Yangi Sportage Comfort, Luxe, Premium va X-Line komplektatsiyalarda, tanlangan konfiguratsiyadan kelib chiqib, 369 900 000 so‘mdan 524 900 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda taklif etiladi.

Yangi Sportage krossoveri, O‘zbekistondagi barcha Kia avtomobillari kabi, uzoq muddatli ishlab chiqaruvchi kafolatiga – 5 yil yoki 150 000 km.

Avtomobillar eng jozibador shartlarda lizing va kreditga beriladi. Xarid qilishdan tashqari, ushbu mashinani Fincom hamkor kompaniyasidan ijaraga olish mumkin.

Kia Sportage avtomobilini sotib olish bo'yicha qo'shimcha ma'lumot uchun 1333 raqamiga murojaat qiling.