Boshqa Yangiliklar
ADM Jizzakh Kia avtomobillarini Tojikistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi
Automechanika Tashkent 2025. Avtobiznes ichidan: tajriba, insaytlar, prognozlar
ADM Global: O‘zbekiston avtosanoati rivojlanishining yangi yo‘nalishi
Barcha yangiliklar
ADM Jizzakh “Zakovat” intellektual o‘yinida I o‘rinni egalladi
O'zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligini nishonlash doirasida Jizzax viloyatida “Zakovat” intellektual o'yinining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli bellashuvda ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh avtomobil zavodi jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etdi hamda faxrli I o'rinni egallab, ishtirokchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichni namoyon qildi.

Intellektual o'yin Samarqand va Jizzax viloyatlari “Metmashsanoat” tarmoq kasaba uyushmalari Kengashi tomonidan tashkil etilib, hududdagi turli korxona va tashkilotlar vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar eng kuchlilar nomi uchun qizg'in kurashda bilimdonlik, mantiqiy fikrlash va jamoaviy ruhni namoyish etdilar.

ADM Jizzakh jamoasining g'alabasi intiluvchanlik, uyushqoqlik va yuqori mahorat natijasi bo'ldi. Tadbir nafaqat intellektual musobaqalarni ommalashtirishga hissa qo'shdi, balki tajriba almashish, dunyoqarashni kengaytirish va ijtimoiy faollikni namoyon etish uchun ajoyib platformaga aylandi.



