Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

01.11.2022

Kia brendining uchta avtomobili Newsweek Autos-2022 tanlovi doirasida mukofotlar bilan taqdirlandi

Seul, 26 oktyabr 2022 y. – Newsweek Autos-2022 tanlovi natijalariga ko‘ra, Kia brendi mukofotlar bilan taqdirlandi. Mukofotlar orasida: «Eng yaxshi miniven» – Carnival, «Eng yaxshi oilaviy avtomobil» – K5 va «Tahririyat tanlovi» – Sportage krossoveri.

«Yangi mobillik davriga o‘tish jadal kechayotgan bir vaqtda, mijozlarga, betakror dizaynerlik jihatlari hamda real hayotda zarur bo‘lgan amaliy qulaylikning betakror uyg‘unligini taklif qilishga qodir bo‘lgan avtomobillarni yaratish asosiy vazifamiz bo‘lib qolmoqda», – deb tanlov natijalariga izoh berdi Hyundai Motor Group Prezidenti va Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) markazining Rahbari  Pak Chun Kuuk (Chung Kook Park).

 Kia brendi Newsweek Autos-2022 tanlovining uchta nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Carnival krossvenom ketma-ket ikki yil davomida «Eng yaxshi miniven» deb tan olindi.



O‘zining viqorli dizayni bilan ajralib turuvchi K5 sport sedani «Eng yaxshi oilaviy avtomobil» nominatsiyasida oliy mukofotga erishdi.



Sportage krossoveri «Tahririyat tanlovi» doirasida beshta maxsus mukofotdan biriga ega bo‘ldi. Laureatlarni belgilashda uni haydash vaqtidagi taassurotlar, jihozlanganlik va spetsifikatsiyalarning xilma-xilligi kabi jihatlar hisobga olinadi.



Newsweek Autos-2022 tanlovi doirasida sohaning eng yaxshi avtomobillari va brendlari 25 toifa bo‘yicha aniqlandi. Mukofotlarga 150 ga yaqin avtomobillar nomzod bo‘ldi. Newsweek ekspertlaridan iborat tajribali xakamlar hay’ati haydash vaqtidagi taassurotlar, jihozlanganlik darajasi va spetsifikatsiyalarning xilma-xilligiga asoslangan holda, har bir toifada eng yaxshi nomzodni aniqladi. G‘oliblar to‘plangan ballar soniga ko‘ra aniqlandi, bunda ballarning bir qismi nomzod avtomobillarning funksionali, opsiyalar va spetsifikatsiyalariga tegishli obyektiv ko‘rsatkichlar asosida hisoblangan bo‘lsa, yana bir qismi -- subyektiv baholar va o‘tkazilgan sinovli haydash natijalariga asoslandi.