Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

15.02.2022

Kia 2021-yilda dunyo bo‘yicha savdo natijalarini e'lon qildi.

“Kia Corporation” kompaniyaning dunyo bo‘yicha 2021-yildagi savdosi 2 777 056 dona avtomobilni tashkil etgani haqida xabar qildi. O‘tgan yilga nisbatan savdo hajmi 6,5% ga oshgan.

Kia'ning 2021-yildagi eksport savdosi 2020-bilan solishtirganda 9% ga oshdi va 2 242 040 donani tashkil etdi, jumladan, yangi eksport bozorlari hisobiga ham, O‘zbekiston ham shular qatoriga kiradi. Koreyaning ichki bozoridagi savdo 535 016 dona avtomobilni tashkil etdi. O‘tgan yilda ta'minot zanjirini boshqarishning samarali strategiyasi va yangi modellarni bozorga muvaffaqiyatli chiqarish hisobiga Kia savdo hajmini oshirishga erishdi.

O‘zbekistonda eng katta talabga innovatsion K5 sedani ega bo‘ldi va 1 315 dona miqdorda sotildi. Talab borasida ikkinchi o‘rinda – ixcham Seltos krossoveri bo‘lib, u 1 231 nafar xaridor topdi. Shuningdek, Kia'ning bozorda taqdim etilgan boshqa modellari: Sorento, Soul, Carnival va K8 ham xaridorlar orasida mashhur bo‘lib ketdi.

Kia markasiga tegishli avtomobillarning O‘zbekiston Respublikasidagi distribyutori bo‘lgan “Roodell” kompaniyasi 2022-yilda bozorimizda taqdim etilgan modellar qatorini kengaytirishni rejalashtirgan. Rasmiy dilerlarning shourumlarida Kiа'ning qaysi yangi modellari paydo bo‘lishi haqida alohida xabar beriladi, saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.

 

Avtomobil sanoatidagi nufuzli ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, yarimo‘tkazuvchan va elektron tarkibiy qismlar ta'minoti, shuningdek, xalqaro yuk tashilmalari bilan bog‘liq murakkab vaziyat 2022-yilda ham saqlanib qolishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan “Roodell” kompaniyasi tomonidan ushbu vaziyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy vaziyatlarni kamaytirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar qo‘llaniladi:

  • tuzilgan shartnomalarga ko‘ra yetkazib berish muddati o‘zgarishi haqida har bir mijoz ogohlantiriladi
  • avvalroq yetib keladigan boshqa modellar/pozitsiyalarga almashtirib beriladi
  • logistik marshrutlarni optimallashtirish va yetkazib kelish hamda “ADM Jizzak” zavodida yig‘ilgan avtomobillarni xaridorlarga topshirish vaqtini hamda imkon qadar qisqartirish.