Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

26.01.2023

Hurmatli Kia avtomobillari xaridorlari va sohiblari!

2023-yil 1-yanvardan boshlab O 'zbekiston Respublikasida QQS stavkasining 15% dan 12% gacha pasayishi munosabati bilan, Kia va Chery avtomobillarining O 'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo’lgan Roodell kompaniyasi, 2023-yilning 1-yanvarigacha to 'liq to' lovni amalga oshirib Kia va Cherry avtomobillarini qo’lga kiritgan barcha mijozlarga, O'zbekiston Respublikasidagi barcha rasmiy Kia va Chery dilerlik markazlarida, arzon narxlarda original aksessuarlarga, ularni o'rnatish va texnik xizmat ko'rsatish xizmatlariga ega bo’lish uchun sertifikatlarni taqdim etadi.

Kia va Cheryning rasmiy xizmat ko'rsatish markazlariga asl qo'shimcha jihozlarni o'rnatish orqali siz 5 yillik kafolatni saqlab qolishingiz va avtomobilingizni xavfsizligini ta’minlashingiz mumkin.

Ta'kidlash kerakki, Roodell kompaniyasi, Pandora va Pandect o'g'irlikka qarshi tizimlarining ham O'zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.

Xizmatlar va qo'shimcha jihozlar ko’rinishida quyidagi optsiyalar mavjud:

-Turli xil aksessuarlar (karter himoyasi, ostonalar, radiator to'ri, salon va bagajnik sholchalari, o’rindiq g‘iloflari, cho‘tkalar, loy to‘skichlar, avto changyutgichlar va hokazolar)
- Avtosignalizatsiyalarni o'rnatish
-Radar detektorlarini o'rnatish
-Moy almashtirish

Sertifikatdan 31.12.23y. sanagacha bo'lgan muddatda, bir necha tashriflarda foydalanish mumkin.

Qo'shimcha optsiyalardan foydalanish rad etilgan holatda, QQS bo’yicha pul mablag‘i ekvivalentidagi farq, yozma murojaat qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida mijozlarga plastik kartaga o'tkazib berish shaklida qaytarilishi mumkin.