Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

Kompaniya haqida

Roodell guruhi — 2014 yilda tashkil topgan yosh, ammo tez rivojlanayotgan kompaniya

Asosiy faoliyat sohasi – avtomobillarni ishlab chiqarish, sotish, kafolat va kafolatdan keyingi davrda xizmat ko'rsatish, shuningdek, original ehtiyot qismlar va aksessuarlarni sotish. Kompaniyaning dilerlik tarmog'i O'zbekiston Respublikasi bo'ylab 20 dan ortiq markazlarni o'z ichiga oladi. 2020 yil yakunlariga ko'ra sotuvlar 5000 dan ortiq avtomobilni tashkil etdi.

Kompaniyaning xizmatlari:

  • Avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish;
  • Avtomobillarni tanlashda yordam, ekspertlik maslahatlari, model va komplektatsiyaning batafsil taqqoslamasi, sinov tariqasida haydash;
  • Moliyaviy hamkorlarning qulay dasturlari asosida kreditlash;
  • Korporativ mijozlarga avtomobillarni sotish va servis xizmatini ko‘rsatish, moliyaviy lizing;
  • Trade-in — eski avtomobilingizni yangi avtomobil qiymati ichiga qabul qilish;
  • Servis markazlarida ishlab chiqaruvchilarning firma uskunalarida diagnostika va texnik xizmat ko'rsatish;

 

1174

Xodimlarning soni

650

Kuniga tashrif buyuruvchilar soni

13734

2022 yilda sotilgan mashinalar soni

30

Dilerlik markazlarining soni

Kompaniya siyosati

Missiya

Sifat darajasi yuqori bo'lgan yangi avtomobillarni chiqarish orqali bozorning yirik, tez o'sib borayotgan va istiqbolli segmentlarida mahsulot portfelini jadal kengaytirish. Shuningdek, loyihalarni boshqarishning zamonaviy usullari va jarayonlarni, rivojlantirishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish orqali, hamyonbop narxlarni saqlab qolish

Strategik maqsadlar

  • Yuksak rejalarni mo'ljalga olish va ularni bajarish;
  • Yangi texnologiyalarni qo'llash;
  • Mijozlarning mamnunlik darajasini oshirish;
  • Kompaniya ichidagi jarayonlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish;

Mijozlarga qaratilganlik

Bizning ishimiz haqida iste'molchilarning fikri biz uchun juda muhim, shuning uchun biz mijozlar bilan suhbatlashamiz va olingan ma'lumotlarga asoslanib, biz savdo va xizmat ko'rsatish jarayonlarida o'zgarishlar va yaxshilanishlarni amalga oshiramiz.