Yangi Renault sotuvlari boshlandi
DUSTER O'ZBEKISTONDA
- Yangi mahalliy yig'ilgan Renault Duster mamlakat bozorida uch darajadagi jihozlanishda taqdim etilgan.
- Avtomobilning boshlang‘ich versiyasi narxi 233 071 500 so‘mdan boshlanadi.
- Renault Duster предлагается с бензиновым турбодвигателем TCe (150 л.с.)
Ishonchliligi boʻyicha afsonaviy yo'ltanlamas boʻlgan yangi Renault Duster endi Oʻzbekiston mijozlariga taqdim etildi. Avtomobilning tashqi va ichki dizayni yangilanib, qulaylikning yangi darajasiga koʻtarildi, ajoyib yo'ltanlamalik va mahalliy foydalanish sharoitlariga toʻliq tayyorligini, qulaylik, dinamika va xavfsizlikni saqlab qoldi.
Yangi yo'ltanlamas O‘zbekiston bozorida ikkita dvigatel bilan taqdim etilgan: 1,6 l (114 ot kuchi) va Renault kompaniyasi tomonidan Daimler konserni bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan TCe turbo dvigateli (150 ot kuchi).
Yangi Renault Duster mijozlarga uchta jihozlanish darajasida taqdim etiladi:
- LIFE versiyasida yo'ltanlamas 233 071 500 so‘m narxda mexanik uzatmali 1,6 litrli dvigatel (114 ot kuchi) bilan jihozlangan. Avtomatik uzatmalar qutisi yechimini afzal ko‘rgan mijozlar uchun ushbu konfiguratsiyada CVT X-Tronic bilan birgalikda turbo quvvatli TCe dvigateli (150 ot kuchi) 264 272 500 so‘mdan sotiladi.
- DRIVE versiyasida mijozlar qo‘lda uzatmalar qutisiga ega turbo quvvatli TCe dvigatelli (150 ot kuchi) yo'ltanlamasni tanlashlari mumkin. Ushbu versiyaning narxi 267 392 600 so‘mdan boshlanadi.
- Eng yuqori - STYLE versiyasidagi Renault Duster CVT X-Tronic avtomatiga ega turbinali TCe dvigateli (150 ot kuchi) bilan jihozlangan – narxi 287 673 200 so‘mdan boshlanadi
Barcha darajalarda avtomobil aqlli to‘liq privodli haydash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u yo‘ldan tashqarida ham, kundalik sayohatlarda ham foydali bo‘ladi.
Yangi Renault Duster uchun LIFE birlamchi versiyasidan boshlab, boy komplektatsiya taklif etiladi: rulning elektr kuchaytirgichi, haydovchi va yo'lovchilar uchun xavfsizlik yostiqchalari, ABS, ESP, elektr sozlamali isitiladigan ko‘zgular, LED kunduzgi harakat chiroqlari, old va orqa elektr oyna ko‘targichlari, 17- dyuymli po'lat disklar, konditsioner, shuningdek, USB, Bluetooth va rulosti joystigi mavjud bo‘lgan audiotizim.
2021-yil oxirigacha O‘zbekistondagi Renault kompaniyasi mijozlarni Toshkentdagi ikkita hamkor avtomarkazlarga avtomobillar sotib olish va sotuvdan keyingi yordam ko‘rsatish uchun, shuningdek, qulay moliyaviy shart-sharoitlar va Trade In dasturini taklif etadi. Kelgusi yilda Renault dilerlik tarmog'i poytaxt va viloyatlardagi yangi to'liq ko'lamli markazlar bilan to'ldiriladi.
Narxlar va avtomobillarning komplektatsiyalari haqida batafsil ma'lumotni veb-saytda topishingiz mumkin
shuningdek, raqam orqali: + 99871 206 22 22