Boshqa Yangiliklar
ADM Electrics yangi ishlab chiqarish binosida avtomobil sanoati uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni boshladi
HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi
ADM Jizzakh ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi
Barcha yangiliklar
LADA XRAY egalik qiymati bo'yicha eng foydali avtomobil

Bir kilometr uchun 1125 so‘m – bu LADA XRAY avtomobiliga egalik qilish narxi. Va bu Rossiya Federatsiyasida "AVTOSTAT" tahlil agentligi tomonidan o'tkazilgan "Avtomobilga egalik qilish narxi - 2021" tadqiqoti natijalariga ko'ra eng yaxshi natija bo'lib, bu yerda egalik qilish narxi 7,5 rublni tashkil qiladi.
«AVTOSTAT» - Rossiyada avtomobil biznesining statistikasi va tahlili sohasidagi yetakchi tahliliy agentlik.
Tadqiqot davomida AVTOSTAT mutaxassislari 33 rusumdagi eng mashhur avtomobillarga egalik qilish narxini baholadilar - reytingda jami 150 dan ortiq modellar ishtirok etdi. Statistik ma'lumotlarda avtomobil sotib olishdan tashqari sug'urta, transport solig'i, qishki shinalar, texnik xizmat ko'rsatish, yoqilg'i kabi asosiy xarajatlar hisobga olinadi. Hisoblash muddati - 3 yil va umumiy yurish - 45 000 km; egasining yoshi (35 yosh) va haydovchilik tajribasi (10 yil) hisobga olindi.
O'zbekiston Respublikasida egalik qilish narxi yanada arzonroq bo'lishi mumkin, chunki qishki shinalar narxi barcha hududlarga tegishli emas, shuningdek, texnik xizmat ko'rsatish uchun narx arzonroq.