LADA VESTA SW CROSS YUKXONASIDA NIMALAR BOR?
LADA Vesta SW Cross interyeri kompaniyaning iste'molchilar xohish-istaklarini o‘rganishga jiddiy munosabatini va har qanday hayotiy vaziyatda haydovchi va yo‘lovchilarning ehtiyojlarini qondira oladigan betakror avtomobil yaratish istagini namoyon etadi.
Alohida e'tiborga loyiq qulayliklardan biri bu — yukxona bo‘limi bo‘lib, u narsalarni qulay yuklash va tushirish uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi bilan jihozlangan ko‘p funksiyali joy. LADA Vesta SW Cross yukxona bo‘limining funksionali haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Yukxona bo‘limi eshigida joylashgan tugmani bosish yordamida yukxona bo‘limi ochiladi. Eshikning balandligi va ochilish burchagi baland bo‘yli odamlar foydalanishi uchun optimallashtirilgan, ichki panelning ikkala tomonidagi juft tutqich esa yukcona bo‘limini yopishni yanada qulaylashtiradi.
Amaliy jihatdan qulay va sig‘imli yukxonaning poli ikki qavatli bo‘lib, uning pastki qismi ikkita qismga bo‘lingan va qulay hamda sig‘imli organayzerlardan foydalanish imkonini yaratadi. Ularning o‘rnini o‘zgartirsa bo‘ladi va alohida ishlatish yoki vertikal holatda mahkamlab qo‘yish imkoni mavjud, bu esa joyni qismlarga bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Yuk ortish bo‘limining hajmini oshirish zarur bo‘lganda, organayzer qutilari va pol panellarini olib tashlash mumkin. To‘liq o‘lchamli zaxira g‘ildirak ikkinchi pol ostida joylashgan.
Yukxonaning plastik qoplamasida sumkalar, paketlar va yuklarni mahkamlovchi standart to‘rlar uchun mahkamlash ilgaklari mavjud. Endi siz buyumlaringiz xavfsiz va bus-butun yetib borishidan xotirjam bo‘lishingiz mumkin.
Shuningdek, turli xil narsalarni saqlash uchun yaratilgan qo‘shimcha joylar ham yukxonaning funksionalligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan, o‘ng g‘ildirakning arka qismida joylashgan, maxsus qopqoq bilan yopilgan kichik narsalar uchun quti, shuningdek, chap tomonda 5 litrli suyuqlik kanistrini ushlab turadigan tasmali ochiq taxmon yonida joylashgan mayda narsalarni tashish uchun mo‘ljallangan kichik cho‘ntak.
Yukxona hajmi, o‘ng g‘ildirak arkasida joylashgan taxmon va ikki qavatli pol ostidagi foydalanishga yaroqli 95 litrga teng maydonni qo‘shib hisoblaganda 480 litrni (tokcha-pardagacha) tashkil qiladi. Ikkinchi qatordagi oʻrindiqlarning suyanchigʻi osongina yigʻilib, yukxona hajmini (deraza tokchasigacha) 825 litrga aylantirib, yuk tashish uchun qoʻshimcha funksional imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ikkita yorug‘lik manbalari yukxona bo‘limining yon panellaridagi yonga suriladigan pardacha ostida o‘rnatilgan bo‘lib, bu qorong‘i vaqtda foydalanishda qulaylikni ta'minlaydi. Zarurat tug‘ilganda, o‘ng tomondagi yon panelda joylashgan 12 voltli rozetkadan foydalanish mumkin.
LADA Vesta SW Cross ekspressiv dizaynni ajoyib ichki makon bilan uyg‘unlashtirirgan holda, qulaylik va funksionallikni yangi bosqichga olib chiqadi. Yukxona dizayni bilan ishlashda zamonaviy trendlarga alohida e'tibor qaratilgan. Ishlab chiquvchilar haydovchi va yo‘lovchilarning ehtiyojlariga qarab osongina o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan hayotiy maydonni yaratishga muvaffaq bo‘lishgan, bu esa avtomobilning faol tabiatini yana bir bor ta'kidlaydi.
Telefon orqali test-drayvga yozilib, avtomobilning xususiyatlari haqida ko‘proq bilib olish mumkin: +998 71 215 02 30.