Boshqa Yangiliklar
ADM Jizzakh Chery Business Conference 2025’da "Xitoydan tashqaridagi eng yaxshi zavod" deb topildi
ADM Jizzakh va Bureau Veritas: ichki auditorlar uchun tashkil etilgan ISO 9001:2015 bo‘yicha o‘qitish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida
Barcha yangiliklar
Kia Uzbekistan Motor Fest Uz 2021

Kia Uzbekistan Motor Fest Uz 2021
O‘zbekistonda avtomobil madaniyatini har tomonlama rivojlantirish va ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida 10-oktyabr kuni Ochiq osmon ostidagi birinchi yirik “Motor Fest Uz 2021” avtomobil ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tdi. Avtofestival davomida Toshkent shahri aholisi va qo‘shni shaharlardan kelgan mehmonlar turli zamonaviy avtomobillarni ko‘rish va ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldi. Festival doirasida Kia Uzbekistan kompaniyasi GT konfiguratsiyasidagi yangi Kia Stinger sportkarini taqdim etdi.
Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar nafaqat yangi Stingerni ko‘rishlari, balki menejerlardan shaxsiy maslahatlar olishlari ham mumkin edi.