Boshqa Yangiliklar
ADM Electrics yangi ishlab chiqarish binosida avtomobil sanoati uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni boshladi
HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi
ADM Jizzakh ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi
Barcha yangiliklar
Kia Global Distributors Convention 2023

2023-yil 11-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida «Kia Global Distributors Convention» anjumani bo‘lib o‘tdi, unda hozirda Kia brendi rasman taqdim etilgan barcha davlatlar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistondan anjumanda Kia ning davlatimizdagi rasmiy distribyutori sifatida faoliyat yuritayotgan xolding ADM Global kompaniyasi ishtirok etdi. Anjuman doirasida xolding tarkibiga kiruvchi ADM Jizzakh avtomobil zavodi «Yil hamkori» mukofotiga sazovor bo‘ldi!
Ushbu mukofot ADM Global kompaniyasi ishonchli, mas‘uliyatli va istiqbolli hamkor sifatida ham tan olinganidan dalolat beradi.
Ayni paytda zavod yirik uzelli avtomobillarni yig'ishni amalga oshirmoqda, shu bilan birga, bir vaqtning o'zida, yangi to'liq hajmdagi CKD-zavodini qurmoqda. Jizzax shahrida 75 gektar maydonda yuqori darajali mahalliylashtirilgan avtomobillarni yig‘ishning to‘liq siklini amalga oshirish uchun infratuzilma ochiladi.
Loyihaga 250 million AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritiladi, zavod quvvati yiliga 100 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqaradi.