Kia brendi rasmiy ravishda 2022-yil yakunlariga ko'ra, O'zbekistonda yangi avtomobillarni sotish bo'yicha yetakchilar uchligiga kiritildi.
O'tgan yilda O'zbekistonliklar 6326 ta Kia avtomobilini xarid qildilar, bu 2021-yilgi natijadan 126 foizga ortiq bo’lib, brendning so'nggi yillarda mamlakatimizda sotilishidagi rekorddir. 2022 yilda Kia ning bozordagi ulushi 1,4% dan 2,1% gacha ortdi, o'sish 2021 yilga nisbatan 50% ni tashkil etdi.
O'zbekistonda Kianing, huddi 2021 yilda bo'lgani kabi, 2172 dona sotilgan, innovatsion K5 sedani eng mashhur modeli bo’ldi. Talab bo'yicha ikkinchi va uchinchi o'rinlarda, 1358 xaridorga manzur bo’lgan - zamonaviy Seltos va 1310 mijozga ma’qul kelgan, to'liq o'lchamli Sorento krossoveri egalladilar. Shuningdek, bozorda taqdim etilgan Kianing boshqa: Sportage, Carnival, K8 va Stinger modellari ham mashhurlikka erishdilar.
O'zbekiston Respublikasi hududida Kia rusumli avtomobillarning rasmiy distribyutori bo'lgan Roodell kompaniyasi, 2023 yilda bozorda mavjud bo'lgan modellar qatorini kengaytirmoqda. Ultra zamonaviy Kia Cerato allaqachon rasmiy dilerlarning shourumlarida taqdim etilmoqda, shuningdek, yaqin kunlarda, ko'plab avtomobil shinavandalarning qalbini zabt eta olgan, yangilangan Kia Seltos savdoga chiqariladi.
O'zbeksitan bozorida yana qanday yangi Kia mahsulotlari paydo bo'lishi haqida alohida xabar qilinadi, saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.
Какие еще новинки Kiа появятся на рынке Узбекситана будет сообщено отдельно, следите за новостями на нашем сайте.