Boshqa Yangiliklar
ADM Jizzakh Chery Business Conference 2025’da "Xitoydan tashqaridagi eng yaxshi zavod" deb topildi
ADM Jizzakh va Bureau Veritas: ichki auditorlar uchun tashkil etilgan ISO 9001:2015 bo‘yicha o‘qitish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida
Barcha yangiliklar
Kia brendi “2022-yil brendi” tanlovining g'olibiga aylandi

O'tgan dam olish kunlarida Toshkentda VI "2022 yil brend" tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi, unda xalq orasida va O'zbekiston marketing assotsiatsiyasi ekspertlari va hamkorlarining ochiq ovoz berish natijalari g'oliblari e'lon qilindi.
Kia brendi xalq orasida va O'zbekiston marketing assotsiatsiyasi ekspertlari va hamkorlarining ochiq ovoz berish natijalari bo'yicha "Transport" toifasida g'oliblikga erishdi.
Joriy yilda "Yil brendi" tanlovii oltinchi marta o'tkazilmoqda. Mukofot ichki bozorda faoliyat yuritayotgan va o'tgan yil davomida O'zbekiston bozorida eng samarali marketing yutuqlariga ega bo'lgan eng muvaffaqiyatli brendlarga topshiriladi.
Iste'molchilarning ochiq ovoz berishi telegram boti orqali tashkil etildi. Joriy yilda ovoz berishda 550 mingdan ortiq kishi ishtirok etib, 221 ta o’zlari suygan brendlar uchun 25 nominatsiya bo’yicha ovoz berdilar.
Ovoz berish natijalari shuni ko'rsatdiki, Kia brendi ko'pchilik iste'molchilarning ishonchi va hurmatini qozona oldi va "Transport" toifasi bo’yicha haqli ravishda birinchi o’rinni egalladi. Shuningdek, tanlovning ekspertlari Kia brendini mukofot bilan ham taqdirladilar.