HAVAL O‘zbekistonda yig‘iladi. ADM Jizzakh portfelidagi yangi brend
Great Wall Motor va ADM JIzzakh o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
2023-yil 7-iyun kuni GWM va ADM Jizzaxkh MChJ o‘rtasida avtomobil yig‘ish sohasida hamkorlik shartnomasi imzolanib, ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor yaratildi.
GWM Eurasia prezidenti Zhang Junxue va Yevrosiyo mintaqasi biznesni rivojlantirish direktori Tian Lili boshchiligidagi Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi Jizzax viloyatida joylashgan ADM Jizzakh avtomobil yig‘ish maydonchasiga tashrif buyurib, avtomobil zavodining hozirgi ishlab chiqarish quvvati, to‘liq quvvati bilan va lozihani mahallizlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Jizzax viloyati hokimi Saliyev Ergash Alibekovich bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda Xitoy tomoniga O‘zbekiston Respublikasi va Jizzax viloyatining sarmoyaviy salohiyati, xususan, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi. Hokim ADM Jizzax MChJni ishonchli hamkor ekanligini alohida taʼkidlab, O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning avtomobilsozlik sohasiga qiziqishi ortib borayotganidan xursand ekanligini alohida taʼkidladi.
Xitoylik hamkorlar, o‘z navbatida, ushbu loyihaning O‘zbekistonda Great Wall Motors avtomobillarini ishlab chiqarishni kengaytirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
Zhang Junxuening so‘zlariga ko‘ra, ADM Jizzakh bilan uzoq muddatli hamkorlik yangi texnologiyalarni joriy etish, qo‘shimcha ish o‘rinlari bilan taʼminlash va avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish bazasini yaratish va avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkonini beradi.
HAVAL brendi ostidagi avtomobillarni yig‘ish 2023 yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan. HAVAL O‘zbekiston bozoriga Jolion, M6H6 va Dargo modellarining yangi avlodini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Kelajakda modellar qatori kengaytirilib, elektromobillar va gibrid avtomobillar ham kiritiladi.