Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

20.07.2023

ADM Jizzax korxonasi: quvvatlarning kengaytirilishi, yangi texnologiyalarning joriy etilishi va brendlarning yangi portfeli. Yarim yillik natijalari.

ADM Jizzax multi brend avtomobil korxonasi tashkil etilgan kundan boshlab rivojlanishning yangi ufqlarini kashf etmoqda. Mazkur korxona o‘z oldiga yuqori sifatli va arzon avtomobillarni mahalliy bozorga yetkazib berish orqali mamlakatimizda mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni rag‘batlantirishni ulkan maqsad qilib qo‘ygan.

ADM Jizzax shunchaki ishlab chiqarish maydoni emasdir, u butun sohani o‘zgartira oladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihadir. Doimiy yangilanish va modernizatsiya qilish jarayoni orqali korxona o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini, texnologiylarini va jarayonlarni muntazam ravishda takomillashtirib bormoqda.

Texnologik taraqqiyot va innovatsiyalar avtomobil sanoati muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dunyoda, ADM Jizzax doimo peshqadam bo'lishga intilmoqda. Yo’ltanlamas avtomobillardan tortib oilaviy sedanlarga qadar, korxonaning konveyeridan chiqadigan har bir avtomobil doimiy takomillashtirish va innovatsiyalarga intitayotgan jamoaning harakati natijasidir.

Ayni paytda korxonada Kia (Janubiy Koreya) va Chery (Xitoy) brendlariga mansub 16 xil avtomobil modellari ishlab chiqarilmoqda. Yilning faqatgina birinchi yarmining o’zidayoq barcha yo’nalishlarda ulkan muvaffaqiyatlarga erisha oldik.

Yilning boshidanoq ADM Jizzax korxonasida ish 2 smena asosida yo‘lga qo‘yilib, bu qo‘shimcha 600 ta ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 3,5 barobarga o‘shirish va shu orqali korxona quvvatini yiliga 60 ming yig‘iladigan avtomobilgacha kengaytirish imkonini berdi. Agar 2022-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 7351 dona avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda faqatgina birinchi yarim yillikning o’zida 10729 dona avtomobil ishlab chiqarilishiga erishildi. Birinchi yarim yillikda jami investitsiyalar hajmi salkam 40 million dollarni tashkil etdi.

Ishlab chiqarilishni kengaytirish

Joriy yilning oxiridayoq ADM Jizzax korxonasi barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlab, 2024-yil mart oyidanoq avtomobillar yig‘ishning to‘liq tsikliga o‘tishni maqsad qilgan. Ayni paytda korxonada bo‘yash, payvandlash va yig‘ish tsexlari qurilishi yakuniy bosqichida. Yaqin vaqtlarda korxona barcha jarayonlarni avtomatlashtirish darajasini 33 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda, bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishni optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Uzoq muddatli hamkorlik.  

2 июня 2023 года на строительной площадке кластера завода ADM Jizzakh состоялась церемония закладки капсулы времени. Мероприятие ознаменовало начало строительства нового предприятия по производству автомобильных компонентов методом литья под давлением, совместно с корейской компанией DASAN DMC. Планируемый объем инвестиций в совместное предприятие составит $8,2 млн.

Yangi korxonada, ADM Jizzax yetkazib beruvchilari klasteri huzurida old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, qurilmalar paneli, markaziy konsol va boshqa yiriko’lchamli plastik qismlar, shuningdek, avtomobillar uchun statik va dinamik rezina qistirmalarni ishlab chiqarilishi amalga oshiriladi.

Xodimlarni o‘qitilishi hamda yangi ish o'rinlarini yaratilishi

Korxona rahbariyati har bir xodim uchun ish joyini qulay va yoqimliga aylantirishga intilib, barcha uchun teng imkoniyatlarni faol qo'llab-quvvatlaydi. Bugungi kunda korxonada 600 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.

Daniyar Davletiyarov — Bosh direktor
Har bir jamoa a'zosining ishi biz uchun muhim, biz qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini, shuningdek, rivojlanish va o'sish uchun maksimal imkoniyatlarni ta'minlashga harakat qilamiz. Biz hamisha rivojlanish tarafdorimiz, shuning uchun biz xodimlarimiz uchun treninglar tashkil etishga, ularning malakasini mamlakat ichida ham, tashqarisida ham oshirishga harakat qilmoqdamiz.

ADM Jizzax zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi uchun malakali kadrlar tayyorlashda faol pozitsiyaga egadir. Masalan, ayni damda texnik jamoamiz stajirovka doirasida Vetnamga, THACO AUTO korxonasiga jo‘nab ketishdi va u yerda avtomobillar ishlab chiqarish to‘liq tsikli ko‘nikmalarini egallashmoqda. 

ADM Jizzax korxonasi ISO 9001 sertifikatini yangiladi

Bu Korxonaning sifat va doimiy takomillashtirishga intilishining e’tirofidir. Barcha sa’y-harakatlar ADM Jizzax korxonasida ishlab chiqarilayotgan har bir avtomobil xalqaro standartlarga mos kelishini ta’minlashga qaratilgandir.

Yangi modellar va brend portfelining to'ldirilishi

Qisqa vaqt ichida ADM Jizzax korxonasi yig’ish liniyasida Kia’ning uchta yangi modeli o‘zlashtirildi: Cerato sedani, Seltos’ning yangilangan versiyasini, hamda Kia Bongo tijorat avtomobilini. Chery liniyasidan - yorqin Arrizo 6 PRO sedanini. Bundan tashqari, 7 iyun kuni GREAT WALL MOTOR kompaniyasi bilan o'zaro munosabatlar memorandumi imzolandi va shu orqali portfel HAVAL brendi bilan to'ldirildi.

Umuman olganda, ADM Jizzax korxonasida ishlab chiqarishni kengaytirilishi O‘zbekiston va mahalliy avtomobil bozori uchun ajoyib yangilikdir. Yangi texnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish kompaniyaning bozordagi o‘rnini mustahkamlash va kelajakda barqaror o‘sishni ta’minlash imkonini ta’minlaydi.