Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

08.06.2023

ADM Jizzax hududida vaqt kapsulasini qo'yish marosimi bo'lib o'tdi

     2023 yil 2 iyun kuni maxsus iqtisodiy zonadagi Jizzax ADM avtomobil zavodi qurilish maydonchasida tantanali ravishda vaqt kapsulasini joylash marosimi o‘tkazildi. Tadbir Koreyaning DASAN DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda bosim ostida quyish usuli bilan avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaradigan yangi korxona qurilishi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazildi.

     Joylanayotgan idishning ramziy obrazi, yangi qo‘shma korxonaning qurilishi bo‘yicha ishlarning boshlanishini ifodaladi. Jizzax ADMning hamkori sifatida Koreyaning DASAN DMC kompaniyasi gavdalandi.

     Qo'shma korxonaga rejalashtirilgan kiritiluvchi investitsiyalar hajmi 8,2 million AQSH dollarini tashkil etadi. . Jizzax ADM yetkazib beruvchilari klasteri qoshidagi yangi korxonada old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, instrumental panellar, markaziy konsol va boshqa yirik plastmassalik butlovchi qismlar, shuningdek, avtomobillar uchun statik va dinamik rezina qistirmalari ishlab chiqariladi.

    &nbsp Har ikki tomon vakillari qutlov so‘zlari bilan chiqish qilib, loyihaning muvaffaqiyatli va jadal rivojlanishi yuzasidan tilaklar bildirdilar.

     « Biz uzoq muddatli hamkorligimizning dastlabki bosqichidamiz va birgalikdagi maqsadlarimizga bosqichma-bosqich erishamiz ! DMC Inc. kompaniyasi tomonidan barcha kerak bo'lgan texnik yordam nafaqat ishga tushirish bosqichida, balki loyihamizni amalga oshirish jarayonida ham taqdim etiladi ! - dedi DMC kompaniyalar guruhi raisi o'rinbosari - Yoon Choonyul »

     Ularning chiqishlaridan soʻng vaqt kapsulasining tantanali joʻylanishi amalga oshirildi, unda nafaqat kompaniyalarning rasmiy vakillari, balki Jizzax viloyatining turli tashkilotlaridan taklif etilgan mehmonlar ham ishtirok etdilar.

Vaqt kapsulasiga hamkorlik memorandumi joylashtirildi.

      Shuningdek, toshga memorandum imzolangan sana va korxonalarning nomlari ramziy ravishda o'yib yozilgan lavh o'rnatildi.

    &nbsp ADM Jizzax — bu Oʻzbekistondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonadir. Yaqin orada u, asosiy maqsadi ishlab chiqarishni mamlakat ichida rivojlantirish bo’lgan avtomobilsozlikning eng yirik klasterlaridan birining markaziga aylanishi kerak. Hozirda ADM Jizzax, Kia (Janubiy Koreya) va Chery (Xitoy) brendlari ostida 15 xildagi modellarni ishlab chiqarmoqda.

      Ayni paytda zavodda bo‘yash, payvandlash va yig‘ish sexlari qurilishi yakuniy bosqichidadir.  

      DMC Inc, DASAN guruhi tarkibida bo’lib, avtomobil sanoati uchun rezina, plastmassa qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. DMC Inc kompaniyasi sifatli va bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali xalqaro bozorda o'zini namoyon qila olgandir. Tesla , Ford , Hyundai , Kia , Volkswagen , Jac va shu kabi brendlar DMC xoldingining mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'llaydilar.

     ADM Jizzax avtokomponentlari klasterida yirik o‘lchamli ehtiyot qismlarni mahalliylashtirishni kengaytirish O‘zbekiston Respublikasida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning mantiqiy davomidir. Yangi texnologiyalarni joriy etish, mahalliylashtirishni rivojlantirish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, korxonaning bozordagi o‘rnini mustahkamlash va kelajakda barqaror o‘sishni ta’minlash imkonini yaratadi.