Boshqa
Muhabbat ila O‘zbekiston diyoridan: Kia Sonet Qirg‘iziston bozoriga chiqishni boshlaydi!
ADM Global avtomobillari Jizzaxdagi sanoat yarmarkasida namoyish etildi
Jizzaxda Kia dilerlik konferensiyasi: yangi modelning CKD-ishlab chiqarilishi va 2025-yil uchun strategik reja
Barcha adm jizzakh
ADM Jizzakh “Zakovat” intellektual o‘yinida I o‘rinni egalladi

O'zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligini nishonlash doirasida Jizzax viloyatida “Zakovat” intellektual o'yinining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli bellashuvda ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh avtomobil zavodi jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etdi hamda faxrli I o'rinni egallab, ishtirokchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichni namoyon qildi.
Intellektual o'yin Samarqand va Jizzax viloyatlari “Metmashsanoat” tarmoq kasaba uyushmalari Kengashi tomonidan tashkil etilib, hududdagi turli korxona va tashkilotlar vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar eng kuchlilar nomi uchun qizg'in kurashda bilimdonlik, mantiqiy fikrlash va jamoaviy ruhni namoyish etdilar.
ADM Jizzakh jamoasining g'alabasi intiluvchanlik, uyushqoqlik va yuqori mahorat natijasi bo'ldi. Tadbir nafaqat intellektual musobaqalarni ommalashtirishga hissa qo'shdi, balki tajriba almashish, dunyoqarashni kengaytirish va ijtimoiy faollikni namoyon etish uchun ajoyib platformaga aylandi.