Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

23.05.2025

ADM Jizzakh Chery Business Conference 2025’da "Xitoydan tashqaridagi eng yaxshi zavod" deb topildi

2025-yilning 25-27-aprel kunlari Xitoyning Uxu shahrida butun dunyodan brend hamkorlari va vakillarini birlashtirgan Chery Business Conference 2025 xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi. Eng yorqin voqealardan biri Chery avtomobil brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori - ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodiga nufuzli mukofotning topshirilishi bo'ldi.

Zavod yuqori darajadagi mahalliylashtirish, ishlab chiqarish hajmining barqaror o'sishi va xalqaro standartlarga javob beradigan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati natijasida "Xitoydan tashqaridagi eng yaxshi zavod" deb topildi. Ushbu mukofot ADM Jizzakh kompaniyasining Chery brendini Markaziy Osiyo bozorida rivojlantirish va O'zbekistonning ishonchli ishlab chiqarish platformasi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qo'shgan salmoqli hissasini ta'kidlaydi.

Uxudagi konferensiya Chery kompaniyasining global rivojlanishining strategik yo'nalishini namoyish etdi va brendning ulkan maqsadlariga erishishda mahalliy hamkorlarning muhim rolini ta'kidladi. ADM Jizzakh'ning e'tirofi nafaqat amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholash, balki yanada o'sish, ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun turtki hamdir.