Boshqa
ADM Jizzakh Kia avtomobillarini Tojikistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi
ADM Global: O‘zbekiston avtosanoati rivojlanishining yangi yo‘nalishi
ADM STREET ART CHALLENGE: zavod devorlaridagi ilhom asarlari
Barcha adm jizzakh
ADM Global avtomobillari Jizzaxdagi sanoat yarmarkasida namoyish etildi
2025-yil 13–14-mart kunlari Jizzax shahridagi “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir avtomobilsozlik, qurilish materiallari, to‘qimachilik, kimyo va elektrotexnika sohalariga ixtisoslashgan bo‘lib, unda yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etdi.
Yarmarkada ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilgan avtomobillar va butlovchi qismlar namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar kompaniya mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, ADM Global kompaniyalar guruhi stendi esa ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka doirasida hamkorlar va qiziqish bildirgan mijozlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.





