Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

05.05.2023

Kianing O'zbekistondagi ilk to'liq elektr avtomobili!

28 aprel kuni, Toshkent Botanika bog'ining asosiy sahnasida, Kianing ilk, to'liq elektrli bo’lgan EV6 krossoverining ulkan taqdimoti bo'lib o'tdi, unda O'zbekiston bozorida o‘xshashi bo’lmagan hashamatli krossoverga oldindan buyurtmalarni qabul qilish boshlangani e'lon qilindi.

Tadbirda 400 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Bloggerlar, yetakchi OAV vakillari, taniqli shaxslar va O'zbek estradasining yulduzlari, shuningdek, Kia brendining sodiq mijozlari taklif etildi. Tadbir futuristik stilda tashkil etildi - dekor, yorqin personajlar, hatto kontseptsiyaning o‘zi ham tom ma'noda, kelajakka nazar solishni talab etardi. O'zbekiston aholisi uchun bunday avtomobillarning paydo bo'lishi - qator ekologik muammolarni hal qilishdagi odimdir.

Kirish qismidan so'ng mehmonlarga turli xil rang gammasidagi uch avtomobil taqdim etildi, so'ngra istagan ishtirokchilar Kia dilerlik markazlarining malakali menejerlaridan maslahatlar va o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob olishga muvaffaq bo'ldilar.

Elektromobillar segmentidagi ilk qadam.
            Kia EV6 ikki komplektatsiyada taqdim etiladi: 699 900 000 so'mdan 899 900 000 so'mgacha bo’lgan narxlarda Air va GT-Line komplektatsiyalarida.

            EV6, yuqori texnologik va faqatgina elektromobillar uchun mo'ljallangan, tortuvchi batareyani 18 daqiqada 10% dan 80% gacha zaryadlash imkonini yaratadigan, 800 Voltli kuchlanish ostida ultra tez zaryadlanish imkonini ta’minlovchi Kia E-GMP global modulli platformasi asosida ishlab chiqilgan. Dizayni yangi "Qarama-qarshiliklar uyg‘unligi" firma falsafasi tamoyillariga muvofiq amalga oshirilgan. EV6ning tashqi qiyofasi ajoyib stilistik elementlar va skulptur shakllarni mujassamlashtirib, interyeri odmi va yuqori texnologikdir. Yangi platformaning afzalliklari - yassi batareya va katta g'ildiraklar bazasi (2900 mm) – o‘z sinfidagi  eng zo‘r ichki makonni taklif qilish imkonini yaratdi.

Air

            Boshlang'ich Air  komplektatsiyasi 699 900 000 so'm narxda taklif etiladi: o'rindiqlar eko-charm bilan, rul chambaragi - charm qoplam bilan bezatilgan. Old  o'rindiqlar pozitsiyani va bel tayanchini sozlash elektroprivodlari bilan jihozlangan, orqadagi o'rindiqlarni ort qismlarini 60:40 nisbatda buklash mumkin, yukxonasida qo'shimcha yoritilish va to’suvchi parda mavjud. Tom qismi  elektrprivodli lyuk bilan jihozlanadi.

            Elektromobil Autohold funksiyasiga ega EPB elektr to'xtab turish tormozi, Drive Mode Select harakatlanish rejimini tanlash tizimi hamda  transmissiyaning elektron selektoriga ega. Rul ustuni balandligi bo'yicha va chiqarilishi bo'yicha sozlanadi, rul elektrkuchaytirgich bilan jihozlangan. Salondagi ortni kuzatish ko'zgusi ECM texnologiyasi asosida – avtomatik ravishda hiralashtiriluvchi tarzda ishlab chiqilgan. Barcha oynako’targichlarda Auto funktsiyasiga ega elektr privodlar mavjud, isitiladigan yon ko’zgularda esa – sozlash va buklash uchun elektrprivodlar mavjud. Old va orqa oynalarning laminatsiyalanganligi va shovqinlardan izolyatsiyalanganligi, salon ichidagi qo'shimcha qulaylikni ta'minlanadi. 

Shuningdek, ikki zonali avtomatik iqlim nazorati tizimi va salonning qo'shimcha isitgichi, ikkinchi qatordagi yo'lovchilar uchun esa havoyetkazgichlar deflektorlari mavjud. "Issiq optsiyalar" to’plami, old va orqa o'rindiqlar, rulning isitilishini nazarda tutadi.

Markaziy qulfni kalitdan masofaviy boshqarish imkoniyati mavjud, avtomobil shuningdek, tugmachani bosish orqali dvigatelni ishga tushiruvchi Smart Key kalitsiz kirish tizimi bilan ham jihozlanadi. Yorug'lik va yomg'ir datchiklari, orqa parkovka datchiklari va dinamik to'xtash chiziqlariga ega bo’lgan ortni kuzatish kamerasi o'rnatiladi.

Standart komplektatsiyaga ABS, yo'nalish barqarorligi tizimi (ESC), shinalar bosimini nazorat qilish tizimi (TPMS), qiyalikga harakatlanishni boshlash assistentlari, qo'l orqali amalga oshiriluvchi tezlik  cheklovi (MSLA), 7 ta xavfsizlik yostiqchasi, 2-qatordagi bolalar o'rindiqlari uchun ISOFIX mahkamlagichlari, immobilayzer, orqa qatordagi yo'lovchilar haqida eslatish tizimi (ROA) kiradi.

Air komplektatsiya uchun, Drive Wise yuqori texnologik xavfsizlik va haydovchiga ko’maklashuv tizimlar to'plami quyidagilarni o'z ichiga ladi: Stop&Go funksiyasiga ega adaptiv kruiz-nazorati (SCC), qayta to'qnashuvning oldini olish tizimi (MCB), ko'rinmas zona tomondan to'qnashuvning oldini olish tizimi (BCA), yo’l bo'lagidan chiqib ketishni oldini olish tizimi (LKA) va yo’l bo'lagida harakatlanish assistenti (LFA), frontal to'qnashuvning oldini olish tizimi (FCA, tahlil qilish darajasi – avtomobillar/piyodalar/velosipedchilar), Chorrahada burilish paytida to'qnashuvning oldini olish funktsiyasiga ega bo’lgan frontal to'qnashuvning oldini olish tizimi (FCA, Junction Turning).

 

GT Line

GT Line komplektatsiyasi 899 900 000 so'm narxda taklif etiladi. Tashqi ko'rinishi tomonidan, u bamperlarning dizayni, Continental shinali (shinalar o'lchami 255/45R20), quyma disklarga ega 20-dyuymli g'ildiraklar, kuzov rangiga bo'yalgan g'ildiraklar arkalari qoplamlari bilan farqlanadi.

Salondagi farqlar – bu kesiq shakldagi gardishli sport uslubidagi rul chambaragi, old panel va markaziy tirsak tayanchining zamonaviy ekologik toza GEONIC materiali bilan bezatilganligi, zamsh bilan bezatilgan o'rindiqlardir.

GT-Line uchun chiqariladigan elektrprivodli eshik tutqichlari, pedallardagi alyuminiydan qoplamalar, sensorli tugmalarga ega markaziy tirsak tirgagi-konsoli, salonning "atmosfera"li yoritilish tizimi, yukxonada yukni mahkamlash uchun qo'shimcha to'r taklif etiladi. Yukxonaning eshigi elektrprivod va balandlik bo’yicha sozlauvchi intellektual ochilish tizimi bilan jihozlanadi. Old o'rindiqlarni shamollatish va qo'shimcha Relaxation Seat  dam olish rejimi  ko’zda tutilgan. Kia EV6 GT-Line da proektsion displey, 4 kamerali aylanasiga ko'rish tizimi (SVM) va faol tovushli kuzatuv tizimi (ASD), shuningdek, premium toifadagi Meridian akustika tizimi o’rnatiladi.

Drive Wise to'plamiga qo'shimcha ravishda, to'xtash joyidan ort bilan chiqishda to'qnashuvining oldini olish tizimi (PCA), parkovkalash jarayonini masofadan boshqarish assistenti (RSPA), chorrahada burilish va ko'ndalang harakatlanish paytida to'qnashuv haqida ogohlantirish funktsiyasiga ega frontal to'qnashuvning oldini olish tizimi   (FCA, Junction Turning / Crossing), qurilmalar panelida aks etiriluvchi, ko'rinmas zonalarni nazorat qilish kameralari (BVM) kiritiladi. Orqa eshiklardagi "Bolalar qulfi" elektr privodga ega. Shuningdek, ushbu versiyada elektr energiyasining tashqi iste'molchilarini avtomobilga ulash imkoniyati (V2L, Vehicle-to-Load) mavjud.

 

Kia EV6ga O'zbekistonda– 5 yilga yoki 150 000 km masofa yurishga ishlab chiqaruvchi korxonaning kafolati amal qiladi. Kianing  1333 tezkor telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, kia.uz sayti orqali,  yoki Kianing Toshkent shahridagi rasmiy dilerlik markazlaridan qo’shimcha ma'lumotga ega bo’lish va oldindan buyurtmani rasmiylashtirish mumkin:

 

Kia Yakkasaroy: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Kichiq xalqa yo'li ko'chasi (Малая кольцевая), 70a.

Kia Sergeli: Toshkent sh., Sergeli tumani, A. Navoiy mavzesi, Toshkent avtomobil halqa yo'li.