Roodell

So'rov qoldirish

Servisga yozilish

23.02.2023

Chery - O'zbekiston avtomobil bozorini zabt etayotgan avtomobil brendi.

      O'tgan yilning oktyabr oyida Xitoyning Chery avtomobil brendi avtomobillarni sotishni boshladi. Krossoverlar toifasidan uchta model taqdim etildi: Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max. Mazkur avtomobillarning o'ziga xos boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlari, bu  ergonomik boshqaruv tizimi, xavfsizlik, qulaylik, yangi texnologiyalarning qo‘llanishi va stildir.


     Tiggo 7 Pro krossoveri, xarid qilinish bo’yicha eng mashhur modelga aylandi. Savdo boshlangan kundan boshlab 4 oy mobaynida, 430 dan ortiq avtomobil sotildi. Chery brendi o'z sohiblarining qalblarini zabt etishda davom etib, har bir mijozga g‘amho‘rlik munosabatida yondashadi. Auditoriyaning keng qiziqishi, brendning O'zbekistonda istiqbolli o'sishiga o‘z hissasini qo'shmoqda, 2023 yilning oxiriga kelib, brend butun Respublika bo'ylab 10 000 dan ziyod avtomobil birliklari sotilishini rejalashtirmoqda.

Chery brendi O'zbekiston Respublikasi hududida dilerlik markazlari tarmog'ini jadal ravishda kengaytirmoqda.

     Bugungi kunda oltita rasmiy dilerlik markazlari faoliyat yuritmoqda. Chery Sergeli va Chery Rohat – poytaxtda, Toshkent shahrida joylashgan dilerlik markazlaridir. Chery Andijon, Chery Farg‘ona, Chery Namangan, Chery Samarqand, mazkur shaharlar bilan bir xil nomga egalar. 2023 yilning oxiriga kelib, Respublikaning barcha viloyatlarida dilerlik markazlari ochiladi.

Chery avtomobil brendining O'zbekiston Respublikasi hududidagi rasmiy distribyutori modellar qatorini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

     2023 yilda, zamonaviy va kuchli Arrizo 6 Pro shahar sedanini, shuningdek, Chery brendi avto ixlosmandlarini befarq qoldirmaydigan Tiggo 8 Pro Hybrid asosidagi gibrid avtomobilni yetkazilishi kutilmoqda.