Kompaniya haqida
“Roodell Service” MChJ Kia, CHERY, LADA, Renault, HAVAL и Hyundai Tracks brendlarining Oʻzbekistondagi rasmiy servis markazi hisoblanadi va kafolat va kafolatdan keyingi xizmat koʻrsatishni taqdim etadi. Kompaniya 2019-yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda 3 ta filiali Toshkentda, 1 ta filiali Namanganda va 1 ta filiali Gulistonda joylashgan.
Xodimlarning umumiy soni 130 kishini tashkil etadi (har bir yoʻnalish boʻyicha brend menejerlari, kafolat muhandislari, texnik kuzatish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimlari, texnik trenerlar). Kompaniyaning mexaniklari muntazam ravishda malaka oshiradilar va milliy texnik musobaqalarda sovrindor oʻrinlarni qoʻlga kiritib keladilar. 2023-yilda kompaniya mexaniklari MDHning barcha mamlakatlari oʻrtasida oʻtkaziladigan Kia Skill Cup Competition musobaqasida 3-oʻrinni egalladilar.
Kompaniyaning 2023-yildagi aylanmasi 33 milliard soʻmdan oshdi. Ish davomida
30 000 dan ortiq mijozlarga xizmatlar koʻrsatildi. “Roodell Service” MChJ Rival, Pandora, Poliplast kompaniyalarining rasmiy distribyutori hisoblanadi.